AQŞ «Tolibon» jangarilariga qarşi kuraşiş uçun Afğonistonga B-52 Stratofortress bombardimonçi samolyotlarini jönatdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib The Times gazetasi xabar berdi.
Naşr ma'lumotiga köra, bombardimonçi samolyotlar Afğonistonga AQŞning Qatardagi al-Udayd aviabazasidan yöl olgan. Samolyotlar soni ma'lum qilinmayapti.
Xabar qilinişiça, bombardimonçi samolyotlar Qandahor, Hirot, Laşkargoh hamda Hilmanddagi nişonlarga zarba bergan.
AQŞ şuningdek, AC-130 Spectre samolyotlari va MQ-9 Reaper jangovar dronlaridan ham foydalangan, deb yozadi The Times.
Avvalroq Juzjon viloyati toliblar nazoratiga ötgani xabar qilingandi.













