Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçisi Bahronov Asqar Soliyeviç Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Mutaxassisligi vraç-reanimatolog bölgan 50 yoşli Asqar Bahronov öz faoliyatini Buxoro viloyati markaziy kasalxonasidan boşlagan. Keyinçalik bir qança xususiy tibbiyot muassasalarida, söngra Vobkent tumani tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tez yordam markazi reanimatsiya bölimi reanimatolog vraçi, şoşilinç tez yordam markazi bölimi mudiri, uşbu tibbiyot birlaşmasi boşliği vazifalarida işlagan.
2015 yilda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan.
«Şuhrat» medali sohibi Asqar Bahronov 2020 yildan boşlab Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Buxoro viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasining avvalgi boşliği Ğofur Saidov şu yilning iyulida salomatligi yomonlaşgani sababli lavozimni tark etgandi.












