O‘zbekiston | 10:08 / 09.08.2021
39206
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: kunlik holatlar pasayishi davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 856 kishida koronavirus, 439 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 9 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 8 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137491 (+856) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Qatorasiga ikkinchi kun kunlik holatlar soni 900dan past bo‘lmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 39 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 82 nafari Jizzax viloyatida,
  • 31 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 49 nafari Namangan viloyatida,
  • 88 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 85 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 78 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 32 nafari Xorazm viloyatida,
  • 86 nafari Toshkent viloyatida,
  • 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 110 nafar,
  • Buxoro viloyatida 21 nafar,
  • Jizzax viloyatida 92 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 31 nafar,
  • Navoiy viloyatida 21 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar,
  • Samarqand viloyatida 122 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 82 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
  • Toshkent viloyatida 93 nafar,
  • Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 130906 (+795) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirus bemorlarining yana 6 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 934 nafarni tashkil qildi.

8 avgust kuni 439 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 14942taga yetdi. So‘nggi bir kunda bemorlarning 440 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 7537 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 99 nafarga yetdi.

Mavzuga oid