Messi kabi futbolçining (garçi unday futbolçi boşqa yöq) jamoani tark etişi tabiiyki, juda katta yöqotiş, hamda klub ambitsiyalari, sovrinlar uçun kuraşişida öz ta'sirini ötkazmay qolmaydi. Zero, ayniqsa, sönggi yillarda «Barselona»dagi samarali hujumlarning aksariyatida Messining bevosita iştiroki mavjud. Uzoqqa bormasdan, Kriştianuning «Real»ni tark etişi jamoa öyiniga, sermahsulligiga qay darajada ta'sir qilganini ham eslaş mumkin.

Lekin hammasi şu darajada oğirmi? Tarkibda yana bir qator taniqli futbolçilardan iborat «Barselona»dan yuqori natijalar kutişga haqqimiz yöqmi?

Köpinça biz Messining «Barselona» natijalariga ta'sir körsatadigan gollarini va assistlarini köramiz, öşa raqamlar uning jamoaga bölgan ahamiyatiga baho berişda asosiy öringa çiqib qolaveradi. Lekin zamonaviy futbolda bulardan taşqari, jamoaviy töpsiz harakat, pressing kabi talablar ham borki, hatto bu faktorlar birinçi darajaga ham çiqib qolmoqda. Çempionlar Ligasida yulduzli, dunyoning eng yaxşi futbolçilari töp suradigan emas, asosan murabbiylik loyihalari ğalaba qozonmoqda. Misol uçun, «Çelsi» YeÇLning sönggi ğolibi, lekin tarkibida «Oltin töp»ni işonç bilan taqdim etiş mumkin bölgan futbolçilar yöq. Katta ehtimol bilan yaqin yillarda futbol mana şu yönalişda ketişini taxmin qilsak, Messining ketişi klub uçun yangi davrni, balki yangi ğalabalarni boşlab beriş deboçasi bölişi ham mumkin.

Hammasi töğri paytda amalga oşdi

«Barselona»ning mana şunday qiyin moliyaviy holatga tuşib qolişiga nafaqat pandemiya, balki sönggi yillardagi notöğri boşqaruv qarorlari va transferlar ham sabab bölgan. Klub hal qiluvçi öyinlarda asosiy tarkibda tuşmayotgan Dembele, Koutino, Grizmann kabi futbolçilarning öziga 300 milliondan ortiq pul sarfladi. Bunday xatolar bir kun qayerdandir yorib çiqişi aniq edi va şunday böldi ham. Messining ketişi Laporta davrining boşiga töğri kelayotgani esa, klubning keyingi faoliyatida bosimni kamaytiradi.

Ötgan yili Messining ketiş qarori qanday oqibatlarga olib kelgani, klub fan-bazasida salkam inqilob boşlaganini yaxşi eslasangiz kerak. Hozirda Messi hatto öz istagiga qarşi tarzda ketişga majbur bölsa-da, u darajada kayfiyatni körmaymiz. Çunki ötgan yilgi holatga töliq javobgar şaxs – Bartomeu klub boşqaruvida edi. Asosiy aybdor ham, vaziyatni tuzatişi lozim bölgan şaxs ham, Messining duşmani ham Bartomeu bölib, barça nafrat unga qaratilgan. Hozir aksinça, Laporta bemalol bugungi vaziyat uçun istasa Bartomeu siyosatini, istasa La Liganing moliyaviy feyr pleyini ayblab, «oppoq» prezident sifatida yangi davrni boşlay oladi. Klubning qiyin moliyaviy ahvolida ham, Messining ketişida ham deyarli aloqasi bölmagan şaxs sifatida vaziyatni önglaşga kirişadi. Ötgan yildan farqli ravişda, Laportada Messi ketganidan tuşkunlikka tuşgan, yomon kayfiyatdagi jamoa emas, yoş, yetilib borayotgan va özini isbotlaş uçun yangi mavsumni kutayotgan motivatsiyali jamoa böladi. Bemalol aytiş mumkinki, Pike, Alba yoki Buskets kabi futbolçilarning jamoa muhitidagi va maydondagi örni oldingidek yuqori emas.