Moskva şahri va Moskva viloyatida politsiya xodimlari «GIBDD» va «Rosgvardiya» bilan birgalikda migrantlarni tekşiriş böyiça ikkita reyd ötkazadi, deb xabar bermoqda Pravda.ru.
14 avgustdan boşlab Moskvadagi taksi xizmatlarida işlayotgan mehnat muhojirlari «ART» tizimi nazorati ostida faoliyat körsatadi. Taksi haydovçilarining raqamli identifikatorlari işga tuşişidan oldin «GIBDD» xodimlari kuçaytirilgan tekşiruv ötkazadi.
Bu reyd davomida «Aqlli şahar» texnologiyalaridan foydalaniladi. Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining asosiy vazifasi - «ART» tizimida röyxatdan ötmagan haydovçilarni topiş va ularga nisbatan qonuniy jazo çoralarini qöllaş.
Moskvada migrantlar ustidan nazoratning kuçaytirilişiga yaqinda şahar janubi-şarqida sodir bölgan voqea sabab böldi. Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonning yuzga yaqin fuqarolari iştirokidagi ommaviy muştlaşuv köplab şaxslarning hibsga olinişi va deportatsiya qilinişiga olib keldi.
Şu munosabat bilan, «GIBDD»dan taşqari, politsiya xodimlari ham muddatsiz reydlar ötkazadi. Xodimlar mehnat muhojirlarining ommaviy yaşaş joylariga borişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, «Rosgvardiya» tekşiruvlar çoğida tartibni saqlaş ustidan nazoratni amalga oşirişi ma'lum qilindi.
Eslatib ötamiz, Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy MDH mamlakatlari elçilari bilan videokonferensiya ötkazdi. Uçraşuv iştirokçilari çet el fuqarolari iştirokidagi nizolar va noqonuniy migratsiya muammolarini muhokama qilişdi.
Gorovoyning sözlariga köra, Rossiyada hozirgi vaqtda MDH davlatlaridan kelgan 700 mingdan ortiq kişi noqonuniy yaşaydi. Şu bilan birga, noqonuniy migrantlar muntazam ravişda ma'muriy va jinoiy işlar figurantiga aylanadi hamda bu yil ularning noqonuniy harakatlari soni köpaygan.












