“Pari Sen-Jyermen” klubi 10 avgust keçki vaqtga Eyfel minorasini ijaraga oldi. Bu haqda Football Transfers naşri xabar berdi. Taxminlarga köra, Parij klubi yangi öyinçisi Lionel Messini maşhur minorada taqdimot qilişni rejalaştirmoqda.
Fransiya ramzlaridan biri hisoblanuvçi minoradan 2017 yilda “Barselona”dan “PSJ”ga ötgan braziliyalik futbolçi Neymar taqdimotida ham foydalanilgan.
Messi klublardagi butun faoliyati davomida “Barselona” uçun töp tepgan. U klub bilan Ispaniya çempionatida 10 marta, Ispaniya kubogi va superkubogida 7 martadan, Çempionlar ligasida 4 marta hamda Yevropa superkubogi va klublar örtasida jahon çempionatida 3 martadan ğalaba qozongan.
Futbolçining “Barsa” bilan şartnomasi iyun oxirida nihoyasiga yetdi.
Joriy mavsumda Messi Ispaniya çempionatida 35 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 30 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib ötamiz, 5 avgust kuni “Barselona” Messining jamoadan ketganini, tomonlar moliyaviy çeklovlar tufayli yangi şartnoma imzolay olişmaganini e'lon qilgandi.













