Bugun AOKAda bölib ötgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova aholidan kelgan dolzarb savollarga javob berdi.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston hududida xorijga çiqiş biometrik pasporti ma'lumotlarni yiğiş punkti tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boşlab ön iş kunida, xorijda esa diplomatik poçtani jönatiş grafigiga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.
Şuningdek, fuqaroga va unga hamrohlik qiluvçi şaxsga (şaxslarga) xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş muddati Özbekistondan zudlik bilan çiqib ketişni talab qiladigan holatlarda, şoşilinç davolaniş zarurligini tasdiqlovçi viloyat va respublika miqyosidagi davlat tibbiyot taşkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar, yaqin qarindoşining oğir kasalligi yoki vafot etganini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölganda, çiqiş huquqiga çeklov bölmagan taqdirda 5 iş kunidan oşmasligi lozim.
Fuqaro xorijga çiqiş biometrik pasportini yöqotgan taqdirda yangi pasport belgilangan tartibda pasport yöqolgani haqida ariza berilgan kundan boşlab bir oy içida beriladi.
Xorijga çiqiş biometrik pasportini oliş uçun davlat boji BHMning 1,2 baravari (294 ming) sömni taşkil etadi.












