Özbekiston va Tojikistonga Germaniya tomonidan koronavirusga qarşi AstraZeneca vaksinasi yetkazib beriladi. Bu Germaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlarga va'da qilingan yordamining bir qismi sifatida SOVAX dasturi doirasida taqdim qilinadi.

Bu haqda Germaniya rasmiy vakilining örinbosari Ulrike Demmer ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, mos ravişda Toşkent va Duşanbega 355 ming 200 va 100 ming 800 doza vaksinalar ajratiladi.

Bundan taşqari, Sudan (357 ming 600 doza), Efiopiya (271 mig 200 doza) va Afğonistonga (213 ming 600 doza) ham vaksinalar ajratilişi közda tutilgan.

21 may kuni Rimda bölib ötgan Global soğliqni saqlaş masalalariga bağişlangan sammitida Germaniyaning SOVAX dasturi doirasida yil oxirigaça 30 million doza vaksinani rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berişi haqida qaror qabul qilingandi.

SOVAX - Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan emlaş va immunlaştiriş böyiça global alyans va epidemiyaga tayyorgarlik böyiça innovatsiyalar koalitsiyasi bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan xalqaro tizim. Dastur şartlariga köra, yuqori daromadli mamlakatlar kam ta'minlangan mamlakatlarga vaksinalar sotib oliş uçun pul tölaydi. Rejalarga köra, mexanizm doirasida 2021 yil oxirigaça 2 milliard dozada vaksina işlab çiqarilişi va butun dunyo böylab teng taqsimlanişi kerak.

Avvalroq, Özbekistonga keltirilgan jami vaksinalar 14 million 580 ming 60 dozani taşkil qilayotgani ma'lum qilingandi.