Hukumat qarori bilan Rivojlanişda orqada qolayotgan hamda işsizlik darajasi nisbatan yuqori bölgan mahallalarda aholi bandligini ta'minlaş orqali oilalarning daromad manbaini yaratiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Tuman va şahar sektor rahbarlari tomonidan “oğir” mahallalar belgilanadi. 

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun “ösiş nuqtalari” aniqlanib, har bir tadbirkorlik yönalişiga “yetakçi” tadbirkorlar biriktiriladi.

“Oğir” mahallalarga biriktirilgan “yetakçi” tadbirkorlarga 3 yil muddatgaça yillik 10 foiz stavkada mahalla uçun 2 milliard sömgaça kreditlar kooperatsiya asosida ajratiladi.

Har bir “oğir” mahallaga ajratilgan 2 mlrd söm mablağlarning 10 foizgaça bölgan qismi ularning tegişli ixtisoslaşuv yönalişlarida bittadan namuna va örnak körsatadigan tadbirkorlik loyihalarini amalga oşiriş uçun yönaltiriladi.

“Yetakçi” tadbirkorlarga kooperatsiya asosida işlayotgan fuqaro tomonidan işlab çiqarilayotgan (yetiştirilayotgan) mahsulotlarni sotib oliş yoki şartnomaga asosan fuqaroga oylik iş haqi tölaş şarti örnatiladi.  

Kreditlar sektor rahbarlari tomonidan “oğir” mahallada tadbirkorlikni hamda iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantiriş böyiça “yöl xaritalar” va dasturlar Oilaviy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş markazida himoya qilinib, ijobiy xulosasi olingandan söng beriladi. 

Qarorga köra şuningdek, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kiçik va oilaviy tadbirkorlik sub'yektlariga maydoni 10 sotixdan 50 sotixgaça bölgan zamonaviy issiqxonalar barpo etiş uçun Markaziy bankning asosiy stavkasida 7 yil muddatgaça kreditlar ajratiladi.