Hindistonda 28 yoşli erkak telefonda suhbatlaşayotgan vaqtida Bluetooth-quloqçin portlaşi oqibatida hayotdan köz yumdi. Voqea Rajaston ştatida sodir böldi, deb yozadi ixbt.com.
Xabar qilinişiça, quloqçin Rakeş Kumar Nagarning quloqlari içida portlagan. U şifoxonaga olib borilgan, şifokorlar uning ölimini qayd etgan.
Ma'lumot berilişiça, u quloqçindan foydalanayotgan vaqtda smartfoni quvvat olayotgan bölgan. Portlaşga mahsulotning sifatsizligi yoki tok kuçlanişining özgarişi sabab bölgan deb taxmin qilinmoqda.
Quloqçin qaysi brendga tegişli ekani ma'lum qilinmagan, ammo u mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsuloti ekani aytilmoqda.

















