Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining umumiy örta va örta maxsus ta'lim muassasalarida öquv jarayonini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
IIV akademik litseylarining faoliyatini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
- IIV akademiyasiga kiriş uçun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi yuqori, intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak, jismonan yetuk, irodasi kuçli va şijoatli nomzodlar hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun malakali kadrlarni tayyorlaş;
- öqitişning innovatsion şakl va metodikalarini joriy etiş asosida milliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş, öquv adabiyotlarini zamon talablari asosida takomillaştiriş va ularning yangi avlodlarini yaratiş, öquvçilarda mantiqiy fikrlaş va amaliy könikmalarni şakllantiriş maqsadida öquv va ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standartlariga muvofiqlaştiriş;
- yuzaga kelgan turli muammoli vaziyatlarni tahlil qiliş va töğri qaror qabul qiliş tajriba va tegişli könikmalar hosil qilişni nazarda tutuvçi «case-study» metodikasini tatbiq etiş.
Belgilanişiça, akademik litseylarga 2019/2020 öquv yilida öqişga qabul qilingan öquvçilar amaldagi ta'lim dasturlariga muvofiq 2020/2021 öquv yilida öqişga qabul qilingan öquvçilar esa ikki yillik ta'lim dasturlarini bir yilda özlaştiriş asosida öqişni tugatadi.
IIVning akademik litseylari va ixtisoslaştirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni işga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- akademik litseylar va ixtisoslaştirilgan maktab-internatdagi böş pedagog lavozimlarini egallaş uçun tanlovlarni adolatlilik, xolislik, oşkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida taşkil etiş va ötkaziş tartibi;
- IIV buyruği bilan taşkil etilgan komissiya tomonidan tanlovlarni test va suhbat şakllarida ötkaziş tartibi;
- tanlov natijalarini belgilangan mezonlar asosida rasmiylaştiriş, nomzodlarni işga qabul qilişga tavsiya etiş yoki tavsiya etmaslik yuzasidan komissiya qarorini qabul qiliş tartibi.












