Uning ta'kidlaşiça, Belarus prezidenti lavozimini egallaşga munosib 15-20 kişi bor.

“Men bu davlat bilan, u esa men bilan çambarças bölib ketdi. Men pensiyaga ketişim yoki boşqa iş bilan şuğullanişim kerakmi, bilmayapman. Hozirça buni tasavvur qila olmayapman. Bu prezident kursisiga jon-jahdim bilan yopişib olganimni anglatmaydi. Yöq. Mendan keyin boşqalar keladi. Tez orada. Biroq siz öz doirangizda bu qaçon yuz berişi haqida boş qotirmay qöya qoling”, deb aytgan Belarus yetakçisi özidan keyin kim prezident bölişi haqidagi savolga javoban.

“Lukaşenko qaçon ketadi va boşqa şu kabi narsalar haqida fol oçmay qöya qoling. Tez orada”, deb yana bir bor ta'kidlab ötgan Lukaşenko.

Uning fikriça, mamlakat bir yil avval töqnaş kelgan siyosiy silsilalar ayni vaqtda Belarusga rahbarlik qilişga munosib 15-20 kişi borligini körsatdi.

“Ularning barçasi el nazaridagi odamlar. Ötgan kunlar menga kim haqiqatda kimligini körsatdi. Ma'lum bölişiça, bizda prezident böla oladigan 15-20 kişi bor”, deb ta'kidlab ötgan Belarus rahbari.

Uning aytişiça, bu nomzodlarning barçasi qaysidir jihatlari bilan uning öziga öxşaydi.

“Davlatiga sadoqati bilan. Ular işonçli odamlar, heç kimga zuğum qilmaydi. Köpçilik ular uçun ovoz beradi. Ularning barçasi teng imkoniyatga ega böladi, biroq Belarusda normal, tajribali odamlar ğalaba qozonadi”, deb aytgan prezident va muxolifat bu borada “istiqbolga ega emasligini” qöşimça qilgan.