Xitoylik olimlar dunyodagi eng mustahkam şişasimon materialni işlab çiqişdi. Ta'kidlanişiça, uşbu material olmosdan ham qattiqroq.
Yanşan universiteti olimlari AM-III deb şartli nomlangan yangi material “misli körilmagan” mexanik va elektron xossalarga egaligini, u öta mustahkamligi va eskirişga bardoşliligi evaziga quyoş batareyalarida qöllanişi mumkinligini ta'kidlaşmoqda.
Material sinovi uning qattiqligi 113 gigapaskalga yetişini körsatgan. Vaholanki, dunyoda eng qattiq tabiiy mineral hisoblangan olmosning qattiqligi 50-70 Gpani taşkil qiladi.
“Bizning ölçaşlar AM-III mustahkamligi böyiça olmosdan ham oşişini körsatadi. Uşbu material keng qöllaş uçun yaxşi istiqbolga ega”, deb aytişgan olimlar.
Olimlar fullerenlar – özidan uglerodning 60ta atomidan iborat yopiq sferani akslantiruvçi molekulalarni qöllab, turli molekulyar tuzilişga ega şişasimon materiallar olişgan. Ular içida AM-III atomlar va molekulalarning eng yuqori tartibiga ega bölgan. Olimlar molekulalarning bunday tartibiga erişiş uçun fullerenlarni maydalab, 12 soat davomida tajriba kamerasida 1200 daraja issiq va 25 gigapaskal bosim qöllab, bir-biri bilan aralaştirişgan.













