Gretsiyadagi örmon yonğinlari Evbeya oroligaça yetib borib, u yerdagi haqiqiy tabiat “durdonasi” – 2500 yillik zaytun daraxtini yöq qildi.
Daraxt Roviya şahridagi zaytunzorda ösgan. U hozirgi kungaça hosil berib kelgan va şunçalik katta bölganki, uning atrofida önlab odamlar ötirişi mumkin bölgan.

Qadimdan uşbu daraxt Nimfa deb atalib kelgan. Uni hattoki miloddan avvalgi I asrda yaşab ijod qilgan qadimgi grek geografi va faylasufi Strabon öz işlarida eslab ötgan.
Gretsiyadagi örmon yonğinlari 28 iyulda boşlangandi. Ayni vaqtga kelib 60 ming gektardan köproq maydon, yuzlab uylar yonib kul bölgan. Minglab odamlar evakuatsiya qilingan. Ular paromlarda, qayerda mumkin bölsa öşa yerda jon saqlaşmoqda.













