Adidas bayonotida ta'kidlanişiça, kompaniya tölanadigan summaning katta qismini bitim yopilişi vaqtida, qolganini esa muayyan şartlar bajarilsa oladi.
Tomonlar bitimni 2022 yilning 1-çoragida yopişni rejalaştirmoqda. Adidas öz brendi sotilişidan qölga kiritadigan mablağning katta qismini aksiyadorlarni rağbatlantirişga yönaltirmoqçi.
Nemis kompaniyasi Reebok’ni 2006 yilda Rockport, CCM Hockey va Greg Norman brendlari bilan birga sotib olgan. Keyinroq u uşbu brendlarni sotib yuborgan va ular uçun umumiy hisobda 400 mln yevroga yaqin pul olgan.
Adidas aksiyalari uşbu yangilikdan keyin 1,6 foizga qimmatlaşdi. Ularning narxi joriy yil boşidan umumiy hisobda 5 foizga oşgan.
Authentic Brands Group 30dan köproq brendga, jumladan Spors Illustrated, Brooks Brothers va Nine West’ga egalik qiladi.












