Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining ta'kidlaşiça, AQŞning Kobuldagi elçixonasi xodimlarini xavfsiz evakuatsiya qiliş uçun Afğonistonga yaqin 48 soat içida 3 ta batalon, ya'ni 3 mingga yaqin harbiy jönatiladi. Uning ta'kidlaşiça, harbiylar Afğonistonda vaqtinçalik asosda joylaştiriladi. Amerikalik fuqarolarni Afğonistondan olib çiqiş 31 avgustgaça yakunlanadi. Pentagon vakili uşbu sanadan keyin Afğonistonda qança harbiy qolişi haqidagi savolga javob berolmagan.

Şuningdek, Kanada öz elçixonasi xodimlarini evakuatsiya qiliş vaqtida va u yopilgungaça xavfsizlikni ta'minlaş uçun Kobulga maxsus kuçlar bölinmasini jönatadi. Biroq Afğonistonga yuboriladigan kanadalik harbiylar soniga aniqlik kiritilmagan.

Bundan taşqari, London ham şu maqsadda Afğonistonga 600 ga yaqin harbiy jönatadi. 

AQŞ davlat departamentining ma'lum qilişiça, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan suhbatda Vaşington Afğoniston hukumatiga kömak körsatişni davom ettirişiga va'da bergan.

Blinken AQŞ afğon ixtilofining siyosiy yöl bilan hal qilinişini qöllab-quvvatlaşini aytgan.

Bu orada Pokiston boş vaziri Imron Xonning ma'lum qilişiça, “Tolibon” harakati Aşraf Ğani hokimiyatdan ketmagunça, Afğoniston hukumati bilan muzokaralar olib bormaydi.

“Ularning şarti şunday: Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani egallab turgan lavozimida qolar ekan, biz afğon hukumati bilan muloqot olib bormaymiz”, deb keltirgan “Tolibon” yetakçilari sözlarini Xon.

Pokiston boş vazirining ta'kidlaşiça, ayni vaqtda ixtilofni siyosiy yöl bilan hal qiliş öta murakkab.

OAV ma'lumotlariga köra, “Tolibon” öz yurişini davom ettirmoqda. 12 avgustda toliblar Afğonistonning yirikligi böyiça ikkinçi şahri – Qandahorni egallab olgani ma'lum qilingan.