Avgust oyining örtasi yaqinlaşmoqda. Uşbu hafta oxiri yoz oyining oxirgi oyi örtasiga töğri keladi. Şu kunlarda Özbekistonning barça hududidagi aholini qulay ob-havo şaroiti kutmoqda.
“Özgidromet” xabariga köra, keça kunning örtasiga kelib havo harorati 36-37 daraja issiqqaça, şimol, janub va çöl hududlarining ba'zi joylarida 38-40 daraja issiqqaça kötarildi.
Bugun esa Ğarbiy Qozoğiston hududidan salqin havo kirib kelişi hisobiga kunduz kungi harorat 32-34 daraja issiqqaça pasayadi va faqat janubning eng çekkasida 36-38 daraja issiqqaça bölgan nisbatan issiq harorat saqlanib turadi.
Dam oliş kunlari respublika hududiga salqin kirib kelişi davom etadi va kunduz kungi harorat 28-31 daraja issiqqaça, janubda esa 33-36 daraja issiqqaça pasayadi. Keçalari ham salqin böladi. Keçasi va erta tongda harorat 13-18 daraja iliqqaça pasayadi.
Sovuq front ӯtishi hisobiga ba'zi joylarda şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi bilan kuzatiladi.
Hududning tekislik qismida hali ham quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat ba'zi joylarda osmonda bulutlar paydo böladi.
Ammo toğli hududlarda mahalliy qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Buning hisobiga respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel kelişi xavfi bor.












