Hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan köra tezroq isib borayotganini ma'lum qilişmoqda. Dunyo böyiça örtaça harorat 1,1 darajaga kötarilgan. Bu esa 2040 yilga borib örtaça harorat 1,5 darajaga oşişini bildiradi.

Issiq tölqinlar, kuçli şamollar, qurğoqçilik, suv toşqinlari va yonğinlar yanada köproq sodir böla boşladi, muzliklar erişi yanada kuçaydi. Ayniqsa, joriy yilda bu jarayon judayam tezlaşganini kuzatişimiz mumkin.

Örmon yonğinlari

Fransiya janubi, Ispaniya va Italiyaning Sardiniya orolida keng miqyosdagi örmon yonğinlari natijasida minglab gektar maydonlardagi örmon va qişloq xöjalik yerlariga ziyon yetdi.

13 iyul kuni Kaliforniya şimolida boşlangan va Diksi nomini olgan keng kölamli yonğinlar natijasida 200 ming gektardan ziyod maydonlar zararlandi.

Şimoliy Makedoniya hukumati yirik örmon yonğinlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi.

Anomal issiq tufayli Turkiya ğarbi va janubida ham dahşatli yonğinlar yuz berişi natijasida sayyohlik tadbirlari, ekskursiyalar butunlay töxtatildi. Qişloq xöjalik maydonlari, fermalar yonğin içida qolib, çorva mollari nobud böldi.

Gretsiyada ham bir neça kundan buyon kuçli örmon yonğinlari davom etmoqda. Ofat bir haftadan ortiq vaqt mobaynida havo harorati 40 darajadan yuqori bölişi oqibatida sodir bölgan. Ayrim hududlarda havo harorati 47 darajagaça kötarilgan.

Rossiya şarqidagi Yoqutiston Respublikasida örmon yonğinlari, rasmiy ma'lumotlarga köra, 6 mln gektar hududni qamrab olgan — bu Belgiya hududidan ikki barobar katta.

Jazoirdagi kuçli yonğinlar oqibatida halok bölganlar uçun mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Suv toşqinlari

Tabiiy ofatlarning yana bir dahşatlisi suv toşqinlaridir. Afğoniston şarqida joylaşgan Nuriston viloyatida yuz bergan toşqinlarda kamida 150 kişi halok böldi.

Xitoyning Jyengjou şahrida kuçli yomğir yoğişi natijasida suv toşqinlari sodir böldi va bir qança insonlarning hayotiga nuqta qöyildi.