Sloveniyalik taniqli mutaxassis, Iroq milliy jamoasining sobiq boş murabbiyi Sreçko Katanets Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«ÖFA tomonidan Özbekiston milliy terma jamoasiga yangi boş murabbiy tayinlaş böyiça bir qator işlar olib borildi.
Bir qança xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinçkovlik bilan örganib çiqildi. Murabbiylar kengaşi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga köra sloveniyalik tajribali murabbiy Sreçko Katanets nomzodi ma'qul deb topildi.
ÖFA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan oğzaki kelişuvga erişdi va kelayotgan hafta Sreçko Katanets özaro muzokaralarning yakuniy bosqiçini ötkaziş uçun yurtimizga taşrif buyurişi kutilmoqda», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, ayni vaqtda 58 yoşda bölgan Sreçko Katanets murabbiylik faoliyatini 1996 yilda Sloveniya yoşlar jamoasi boşqaruvida boşlagan, keyinroq Sloveniyaning «Goritsa» (1998) va Gretsiyaning «Olimpiakos» klublarida (2003) işlagan. 1998-2002 yillarda Sloveniya terma jamoasini ilk marta boşqargan va jamoani ilk marta Yevropa çempionati (2000) va jahon çempionatiga (2002) olib çiqqan. Ammo guruhdagi barça uçraşuvlar boy berilgaç, işdan böşatilgan. U 2006-2009 yillarda Makedoniya, 2009-2011 yillarda BAA terma jamoalarida işlagan.
2013 yilda esa Sloveniya termasiga qaytib, 2017 yilgaça işlagan. 2018 yilda Iroq termasini qabul qilib olib, muvaffaqiyatli faoliyat körsatgan, saralaşning 2-bosqiçida guruhda 2-örinni egallab, JÇ-2022 hal qiluvçi saralaş bosqiçiga yöl olgandi. Ammo moliyaviy muammolar tufayli uşbu mutaxassis Iroqni tark etgandi.
Özbekiston milliy jamoasini 2019 yilda qabul qilib olgan Vadim Abramov JÇ-2022 saralaşida muvaffaqiyatsizlikdan (Özbekiston 3-bosqiçga çiqiş yölidagi hal qiluvçi öyinda Saudiya Arabistoniga yirik hisobda yutqazdi va öz tarixida ilk bor 2-bosqiçdayoq JÇ yöllanmasidan mahrum böldi) keyin şu yilning iyunida iste'foga çiqarilgandi.












