Ertaga, 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 ming 480 doza AstraZeneca vaksinasi Özbekistonga olib kelinişi kutilmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.
Şunda Özbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetadi.
Şundan:
- Sputnik V – 370 ming doza;
- AstraZeneca – 986 ming 480 doza;
- ZF-UZ-VAC2001 – 10 million 500 ming doza;
- Moderna – 3 million 60 doza.
Malumot uçun, 12 avgust holatiga köra, emlaş jarayonlarida jami 11 million 651 ming 161 doza vaksina foydalanilgan. Şu kungaça koronavirusga qarşi töliq emlangan fuqarolar soni esa1 million 380 ming 457 nafarni taşkil qilmoqda.
Avvalroq, Germaniya hukumati SOVAX dasturi doirasida Özbekistonga 355 ming 200 doza vaksina yetkazib berişi xabar qilingandi.













