Bu Toşkent şahri, Uçtepa tumanidagi serqatnov yöllardan biri. Mutasaddilar 2019 yili ötkazilgan matbuot anjumanida yöllarni ta'mirlaşda bu kabi holatlar boşqa takrorlanmasligiga va'da bergan edi.

Afsuski, hamon ta'mirlaşda bunday nuqsonlarga yöl qöyilmoqda. Davlat avtomobil yöllar qömitasiga köra, poytaxt yöllarini ta'mirlaş şahar obodonlaştiriş boşqarmasi zimmasida.

Yöllar ostidagi quvurlar almaştirilgaç, çuqurlar paydo bölişi, quduqlar qopqoğining yöl sathidan bir neça santimetr balandda yoki pastda qolişi odatiy hol.

Yöl ta'mirini qabul qiluvçi mutasaddilar bunga köp ham e'tibor bermaydi.