Toşkent metrosining “Buyuk ipak yöli” bekatiga olib tuşuvçi yerosti yölaklaridan birida şift qoplamasining bir qismi qulab tuşdi, deb ma'lum qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

12 avgust kuni soat taxminan 14:30da röy bergan hodisada yölak şiftiga örnatilgan kompozit panel (alyukobond) öpirilib tuşgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Jabrlanuvçilar yöqligi ma'lum qilindi.

“Keyinçalik ma'lum bölişiça, konstruksiyaning bir qismi yerosti ötiş yölagi ustida joylaşgan çimni suğoriş natijasida töplangan suvning oğirligi tufayli qulab tuşgan.

Qulaş jiddiy oqibatlarni keltirib çiqarmagan. Bir neça daqiqa davomida hodisa joyi şift bölaklaridan tozalangan”, – deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotida.