Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noruda foydali qazilmalarni hisobga olish va nazorat qilishning yangi tizimi barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat prezidentning "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Tajriba-sinov doirasida Samarqand viloyati hududidagi barcha noruda foydali qazilmalar konlarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimi (ANT) joriy qilinadi.
ANT yukni jo‘natuvchilar va oluvchilar, noruda foydali qazilmalarning har bir turining nomi va hajmi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
"Noruda-nazorat" AATni DXSh asosida ishlab chiqish bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov asosida aniqlanadigan operator shug‘ullanadi.
Shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq 2021 yil 1 noyabrdan boshlab qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanilgan noruda qazilmalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni DSQ tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron shaklda soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
DSQga uch oy muddatda tovar-transport yukxatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimini yaratish va yil yakuniga qadar noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarda joriy qilish topshirildi.
2022 yil 15 yanvarga qadar Samarqand viloyatida "Noruda nazorat" tizimini joriy qilish natijadorligi bo‘yicha ushbu tizimni respublikaning qolgan hududlariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.
Mavzuga oid
07:20 / 15.01.2026
Grenlandiya nega muhim? Foydali qazilmalar xaritasi va geosiyosiy o‘yin
08:04 / 15.03.2025
7,3 mlrd so‘mlik noruda foydali qazilmalarni qazib olish holatlari aniqlandi
08:31 / 14.09.2024
Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlar chegarasi belgilandi
10:10 / 20.01.2024