Eronda koronavirus yuqtiriş holatlari köpaygani sababli 16 avgustdan butun mamlakat böylab 6 kunlik lokdaun kiritiladi.
Bunday qarorni koronavirus böyiça işçi guruh qabul qilgan.
Şuningdek, 15 avgustdan 27 avgustgaça oziq-ovqat va birinçi ehtiyoj tovarlarini taşuvçi yuk maşinalari va tez yordam maşinalaridan taşqari barça transport harakatlanişiga taqiq kiritilgan.
Lokdaun, şuningdek, barça bozorlar va davlat muassasalari, kinoteatr, sportzal va restoranlarni qamrab oladi.
Eronda oxirgi sutkada 30 mingga yaqin yangi kasallaniş holati qayd etilgan.
Aholisi 83 mln kişini taşkil qiluvçi Eronda ayni vaqtda 3,8 mln kişi koronavirusga qarşi töliq emlangan.












