Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulrashid Do‘stum va Ato Muhammad Nur O‘zbekistonga qochib o‘tgan – OAV
Xabar qilinishicha, Balx viloyati sobiq gubernatori Ato Muhammad Nur Do‘stum bilan birga Afg‘onistonni tark etgan.
Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti, marshal Abdulrashid Do‘stum Mozori-Sharif shahrini tark etdi va O‘zbekiston tomon yo‘l oldi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilishicha, Balx viloyati sobiq gubernatori Ato Muhammad Nur Do‘stum bilan birga Afg‘onistonni tark etgan.
Nur Facebook sahifasida toliblar viloyatni fitna natijasida qo‘lga kiritganini yozgan: «Barcha hukumat obektlari va kuchlari toliblarga berildi. Bu fitna qamrovi keng va chuqur, ular marshal Abdulrashid va meni tuzoqqa tushirmoqchi bo‘ldi, biroq bunga erisha olmadi».
The New York Times muxbiri Fahim Obid o‘z Twitter sahifasida tarkibida Do‘stum va Nur bo‘lgan afg‘onistonliklar guruhi Hayraton va Termiz shaharlarini bog‘lovchi «Do‘stlik» ko‘prigi orqali O‘zbekistonga o‘tgani haqida yozdi.
Mavzuga oid
19:37 / 08.09.2021
Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Do‘stum va boshqa afg‘on yetakchilari tez orada yig‘ilishini aytdi
18:44 / 17.08.2021
Ashraf G‘ani va Abdulrashid Do‘stum O‘zbekistondaligi haqidagi xabarlar yana bir bor rad etildi
16:40 / 11.08.2021
Bayden afg‘onlarni toliblarga qarshi kurashga chaqirdi, Ashraf G‘ani va marshal Do‘stum Mozori-Sharifda
09:50 / 24.05.2020