«Tolibon» harakati Afğoniston markaziy bankining AQŞda saqlanayotgan aktivlariga ega bölolmaydi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) Vaşington ma'muriyati vakiliga tayanib xabar berdi.

«Afğoniston hukumati markaziy bankining AQŞda saqlanayotgan aktivlari toliblarga berilmaydi», — degan u, ammo qança miqdordagi mablağ haqida söz borayotganiga aniqlik kiritmagan.

AFP agentligining ma'lumot berişiça, Afğoniston markaziy banki valuta zaxiralarining sezilarli qismi respublikaning özida saqlanmaydi.

Xalqaro valuta jamğarmasi ma'lumotlariga köra, aprel oxirida Afğoniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni taşkil etgan.

15 avgust kuni «Tolibon» harakati Afğonistonda hokimiyatni öz qöliga oldi. Mamlakat prezidenti Aşraf Ğani Afğonistonni tark etdi.