Afğonistondan AQŞ va boşqa Ğarb davlatlari qöşinlarining çiqib ketişi natijasida “Tolibon” hokimiyatga keldi. Afğoniston töla zabt etilişi oqibatida Markaziy Osiyo mamlakatlariga bir qança yangi tahdidlar paydo bölişi mumkin.
2021 yilning 14 aprelida AQŞ prezidenti Jo Bayden Afğonistondan qöşinlarni 11 sentyabrgaça olib çiqib ketişini e'lon qilgaç, “Tolibon” guruhi harbiy harakatlarni faollaştirdi. Bu esa 15 avgust kuni Afğoniston prezidenti Aşraf Ğanining iste'fo berişi hamda Kobulning “Tolibon” nazoratiga ötişiga olib keldi.
Afğoniston töla zabt etilişi uçun bir neça oy vaqt ketgan bölişiga qaramay, voqealar rivoji uzoq yillik tendensiyalar asosida şakllangani va Markaziy Osiyo davlatlariga sezilarli ta'sir körsatişi mumkinligini körişimiz mumkin.
Nega Ğarb davlatlari “Tolibon”ga yon berdi?
Birinçidan, tarixga nazar soladigan bölsak, “Tolibon”ning dastlabki vakillari Afğonistondagi fuqarolar uruşidan Pokiston hududiga qoçib ötgan aholi yoki ularning farzandlari edi. Ular, asosan, sovet qöşinlariga yoki Moskva homiyligida tuzilgan Najibulloh hokimiyatiga qarşi kuraş olib boriş maqsadida harbiy tayyorgarlikdan ötgan va moliyalaştirilgan. Bu işlarning nazorati esa “Al-Qoida” hamda Usama bin Lodin qölida bölgan.
Sovet ittifoqining parçalanişi va Afğonistonda Najibulloh hukumatining qulaşi bilan mujohidlarga bölgan e'tibor kamayişi Usama bin Lodinni “Al-Qoida” hamda unga a'zo taşkilotlarning yagona yetakçisiga aylantirdi. Saudiya Arabistonining öziga töq oilasida ulğaygan bin Lodin özining asosiy maqsadi sifatida Falastindagi yerlarni arablarga qaytarib berişni qöygandi. Bu davrning öziga xos jihati şunda ediki, köpinça AQŞ yoki Isroilga tegişli obektlar terrorçilik hujumlarining nişoniga aylanardi. Talab esa geosiyosiy kayfiyatda bölib, Falastin yerlari qaytarib berilişi edi.
Biroq 2001 yil Afğonistonda “Tolibon”ni ağdarişga qaratilgan, 2003 yil Iroqda Saddam Husaynga qarşi amalga oşirilişi boşlangan harbiy harakatlar va 2011 yilda bin Lodinning jismonan yöq qilinişi bilan yakunlangan maxsus operatsiya natijasida “Al-Qoida” va unga a'zo taşkilotlar öz xususiyatlarini özgartirdilar. Endilikda ekstremist taşkilotlar aniq geosiyosiy talablarsiz oddiy aholini ham nişonga aylantira boşladilar.
Bunga dalil sifatida Iroq-Şom Islom davlati nomi ostida şakllangan, bin Lodin davrida “Al-Qoida”ga aloqasi bölgan, uning ölimidan söng ajralib çiqqan Bağdodiy boşçiligidagi guruh xristian va şia e'tiqodiga mansub şaxslarni nişonga aylantirdi. Vaholanki, bin Lodin AQŞ yoki Isroil siyosatiga boğliq strategik harakatlarni amalga oşirardi. Keyinçalik esa yuk avtomobillari bilan Fransiya, Şvetsiya va AQŞda tinç aholining qurbon qilinişi AQŞ tomonidan e'lon qilingan “terrorizmga qarşi uruş” taşkilotlarning marjinallaşişi bilan yakunlanganini körsatdi.













