Taxiatoş tumani prokuraturasi tomonidan joriy yilning birinçi yarmida qonun talablarining ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari ötkazilgan. Unga köra, 100 nafardan ortiq mansabdor şaxs intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortilgan. 157 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Xususan, örganişlarda yil boşidan tuman bandlikka kömaklaşiş markaziga 3956 nafar fuqaro iş sörab murojaat qilgani, ammo ulardan atigi 482 nafari iş bilan ta'minlangani aniqlangan.
Tahlillarga köra, aholi bandligini ta'minlaşda yuritilgan hisobotlar faqat taşkilot tomonidan yuborilgan fuqarolarning yöllanmasiga imzo qöyib berişdan iborat bölib qolgan. Işsiz sifatida röyxatda turgan fuqarolar iş bilan ta'minlanmagan.
Aniqlanişiça, 2020 yilda tumanda 5 marotaba mehnat yarmarkasi ötkazilib, körsatkiçlar faqat raqamlarda aks etgan. Aholi bilan uçraşuvlar va joylardagi sayyor qabullar esa hisobotlardagi raqamlarning teskarisini körsatgan. Eng açinarlisi, davlat tomonidan subsidiya mablağlari ajratilib, aholining kam ta'minlangan qatlamlariga issiqxona va suv nasoslari qurilib berilayotgan bölsa-da, markaz hamda joylardagi özini özi boşqariş organlari örtasida hamkorlik yölga qöyilmagani natijasida issiqxonaning deyarli barçasidan maqsadli foydalanilmasdan kelingan.
Bundan taşqari, aholi bandligini ta'minlaş uçun mas'ul bölgan taşkilotning özida ötkazilgan tekşiriş natijasida 15 ta holatda qonun buzilişi holatlari aniqlangan. 3 nafar mansabdor şaxs ma'muriy javobgarlikka tortilib, yetkazilgan 5 mln 400 ming söm zarar ixtiyoriy qoplangan.
Qöşimça qilinişiça, tuman hududidagi korxona va taşkilotlarda davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlarida qöpol qonun buzilişi holatlari mavjudligi aniqlandi. Xususan, tuman maktabgaça ta'lim bölimi tomonidan boşlanğiç narxni pasaytiriş uçun ötkaziladigan auksion savdolari orqali emas, balki qismlarga bölingan holda 61 ta holatda 117 mln 132 ming sömlik davlat xaridlari elektron dökon orqali amalga oşirilgani ma'lum bölgan.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Qoraqalpoğistonda transport vaziri va hokim örinbosari jarimaga tortilgandi.











