Samarqand şahrida fuqaroni texnikumga öqişga kiritib qöyişini aytib pul olgan şaxs qölga olingan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand şahar bölimi hamda DXX viloyat boşqarmasi ötkazgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. uşlangan. U fuqaro U.ning işonçiga kirib, uni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanişlari orqali öqişga kiritib qöyiş evaziga 700 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Samarqandda fuqaroni öqişga kiritib qöyişini aytib 2700 dollar olgan şaxs uşlandi











