Zlatan Ibrahimovich
Jarohat: o‘ng oyoq tovoni shikastlanishi
Safga qaytish muddati: sentabr
«Milan» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich A Seriya yangi mavsumi dastlabki turlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. 39 yoshli shvetsiyalik hujumchi haligacha «Milan»ning jamoaviy mashg‘ulotlariga qo‘shilmagan va yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Gazetta della Sport’ning yozishicha, murabbiylar shvetsiyalik goleadorning ertaroq safga qaytishiga umid qilishgan, ammo 39 yoshli forvard haligacha to‘liq tiklanib ulgurmagan.

Shu tariqa, Ibrahimovich A Seriya 1-turi doirasidagi «Sampdoriya» va 2-turdagi «Kalyari»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi deyarli aniq.
Zlatan A Seriya yakunlangan mavsumining 9 may kuni o‘tgan «Yuventus»ga qarshi bahsda jarohat olib, iyun oyida Yevro-2020ga bora olmay, jarrohlik stoliga yotgan edi.
Toni Kroos
Jarohat: qorin osti qismi
Safga qaytish muddati: noma'lum
«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos 3 avgust kuni jarohat olib safdan chiqdi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, futbolchi qorin osti qismida og‘riq sezmoqda. Klub shifokorlari futbolchining qachon safga qaytishini ma'lum qilmagan.

Germaniyalik yarimhimoyachi La Liga 1-turi doirasidagi «Alaves»ga qarshi o‘yinni (4:1) ham o‘tkazib yubordi. 31 yoshli nemis futbolchisi Yevro-2020dan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.
Serxio Aguero
Jarohat: oyoq mushaklari shikastlanishi
Safga qaytish muddati: oktabr





















