O‘zbekiston | 18:39 / 18.08.2021
798
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qulflanib qolgan uydan 2 yoshli bola qutqarildi

Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida qulflanib qolgan xonadon ichidagi 2 yoshli bola qutqarilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahar Nasaf ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida yashovchi fuqarodan murojaat tushgan. Murojaatda xonadonning kirish eshigi qulflanib, u yerda 2 yoshli bola qolib ketgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan va darhol yuqori qavat derazasidan maxsus arqon yordamida tushib, uy ichida qolgan bolani qutqarib, onasiga sog‘-salomat topshirgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid