Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi Pedagogika kollejida va tumandagi boşqa maktablarda joylaşgan saylov uçastkalarini bezatişga öqituvçilar jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabar böyiça munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlar orqali Koson tumanidagi Pedagogika kollejida yangi öquv yili boşlanişi arafasida öqituvçilar saylov uçastkasini bezatişga jalb qilingani haqida xabarlar tarqatilgan. Xabarda ismi sir tutilişini istagan öqituvçi tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari tomonidan öqituvçilarni maktablarda taşkil etilgan saylov uçastkalarini bezaşga jalb etiş böyiça oğzaki topşiriq berganlikda ayblagan.

Koson hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, tumandagi Pedagogika kolleji öqituvçilari ayni kunlarda ta'tilga çiqarilgan. Kollejda heç qanday saylov uçastkasi taşkil etilmagan. Ayni kunlarda bu yerda quriliş-ta'mirlaş işlari amalga oşirilmoqda.

«Ismi oşkor etilmagan murojaatçi, hokimning yoşlar işlari böyiça örinbosarini oğzaki topşiriği bilan plakatlar osiş, taklifnoma, anketa çiqariş va tarqatiş öqituvçilarga yuklanganini aytadi. Ammo uning bu vaji ham haqiqat emas. Qolaversa, saylov bilan boğliq jarayonlarni taşkillaştiriş tuman hokimining yoşlar böyiça örinbosari vazifasiga kirmaydi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan tekşirilmagan va örganilmagan yolğon hamda miş-mişlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarini söraymiz», deyiladi munosabatda.