Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun pul talab qilish maqsadga muvofiq emas - Moliya vazirligi
O‘qituvchilardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun o‘rtacha 150 ming so‘m undirilayotgani haqida Kun.uz e'lon qilgan maqolaga Moliya vazirligi munosabat bildirdi.
Kun.uz respublika bo‘ylab o‘qituvchilardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun noqonuniy ravishda pul undirilayotgani haqida maqola e'lon qilgan edi. Unda o‘qituvchi-pedagoglarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bepul ekanligi qonunda belgilangan bo‘lsa-da, amalda ulardan 150 ming so‘m atrofida pul undirilayotgani aytilgandi.
Mehnat kodeksining 214-moddasida, bu ko‘rik uchun pedagoglar pul to‘lamasliklari belgilangan.
Maqolaga Moliya vazirligi munosabat bildirdi. Munosabatda yozilishicha, “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda umumta'lim maktablarining pedagog xodimlari majburiy tibbiy ko‘rikdan bir yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bunda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshirilishi nazarda tutilmagan.
“Shuningdek, tibbiy ko‘rikni amalga oshiruvchi birlamchi tibbiy sanitariya davlat tibbiyot muassasalarining ta'minoti budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini hamda ushbu muassasalardagi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rik asosiy ish vaqti davomida o‘tkazilishini inobatga olib, davlat ta'lim muassasalarida ishlovchi pedagoglardan tibbiy ko‘rik uchun pul talab qilishi maqsadga muvofiq emasligini bildiramiz”, – deyiladi munosabatda.
Moliya vazirligiga ko‘ra, prezidentning “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarini dori va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash uchun 2021 yil yakuniga qadar davlat budjetidan qo‘shimcha 165 milliard so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari tibbiy ko‘riklar o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan reagent va tibbiy buyumlarni xarid qilishda mazkur mablag‘lardan ham foydalanishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha masalaga izoh bermadi.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
10:15 / 15.06.2026
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026