E'lon qilingan röyxatga köra, 185,85 balldan yuqori körsatkiçga erişgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga da'vogarlik qiladigan böldi.

Bunda 200-örindagi abituriyent bilan bir xil ball töplagan barça abituriyentlar uşbu grantga da'vogarlik qiladi. Natijalarga köra, 185-örindan 233-öringaça abituriyentlar bir xil 185,85 ball töplaşgan, şu sababli barçasi Prezident grantiga da'vogarlik qiladi.

Şuningdek, respublika böylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball töpladi.

Prezident grantini olganlar garçi kontraktga kirgan bölsa ham davlat granti asosida öqiydi.

Bildirilişiça, Prezident grantiga da'vogarlik qilayotgan abituriyentlarning 73 nafari Toşkent davlat yuridik universitetiga töğri keladi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu natijalar koronavirusga çalingan yoki test kuni isitmasi yuqori bölgan abituriyentlar uçun ötadigan qöşimça test sinovlaridan keyin özgarişi mumkin.