Farğona viloyatida hozirgi kunda jami 971 ta ta'lim muassasalari faoliyat körsatib kelmoqda. Şundan 948 tasi umumta'lim maktablari (jumladan, 10 ta maxsus maktab, 66 ta ixtisoslaştirilgan maktab va internatlar), ikkita Mehribonlik uyi, 20 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda bitta viloyat axborot resurs markazi hisoblanadi.
Bugun Özbekiston har bir sohada jahonga yuz tutmoqda. Rivojlanişda bardavom millatimizning tayançi bölgan ustozlar faoliyatida ham közga körinarli darajada özgarişlar amalga oşirildi.

Xususan, Farğona viloyati xalq ta'limi boşqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan jami 50595 nafar pedagog tarkibini tahlil qilganimizda sönggi bir yilda oliy toifali öqituvçilar salmoği 6,5 foizga, birinçi malaka toifaga ega öqituvçilar 18,2 foizga kötarildi. Ötgan yilda ikkinçi toifali pedagog xodimlar 30 foizni taşkil etgan bölsa, joriy yilda 28,6 foizni taşkil qildi. Toifasiz xodimlar 41 foizdan 37,1 foizga tuşirildi.
Zamon talabi, har bir kişi uçun yuksalişning bir qadami bölgan ingliz tili fanining C1 biliş darajasiga ega öqituvçilar soni 8 nafardan 24 nafarga yetdi. Yuqoridagi körsatkiçlardan ma'lum böladiki, viloyatimiz ta'lim tizimi ham ösiş va rivojlanişda davom etmoqda.
2019-2020 öquv yilida jami 47553 nafar 11-sinf bitiruvçilarining oliy ta'limga kiriş körsatkiçi 16 foizni taşkil etgandi. 2020-2021 öquv yilida bitiruvçilarning 20 foizi oliy ta'lim muassasasiga kirişi közda tutilmoqda. Ulardan 187 nafari muddatidan oldin talabalikka erişdi. Bir nafar öquvçi 14 ta xorij davlatlaridagi universitetlarda tahsil olişi mumkin bölgan ballni töpladi.


Millatning umidi, ertasi va işonçi bölgan yoş avlodga e'tibor kelajak poydevorining mustahkamlanişiga imkon yaratadi. Şu munosabat bilan yurtimizda yangi 2021-2022 öquv yiliga umumta'lim maktablarini tayyorlaş jarayoni izçillik bilan olib borilmoqda. Mustaqilligimizning 30 yillik töyini tantanali nişonlaş va ta'lim tizimini rivojlantiriş maqsadida viloyat miqyosida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. 2021 yilda “Obod qişloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari asosida jami 75 ta umumta'lim maktabida quriliş-ta'mirlaş işlari belgilangan bölib, unga 286,4 mlrd söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan. Şunday sinovli davrlarda ta'lim uçun berilayotgan bu kabi e'tibor barçamizni quvontiradi. Bunga qöşimça tarzda umumta'lim maktablarini yangi öquv yiliga tayyorlaş böyiça Vazirlar Mahkamasi tomonidan viloyatimizdagi 820 ta öquv binosini ta'mirlaş uçun 96,2 mlrd söm mablağ ajratildi. Raqamlar berayotgan oçiq ma'lumotlardan ayon böladiki, bugungi kunda ta'lim tizimining rivojlanişi uçun barça imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Bir söz bilan aytganda, yoş avlodga e'tibor – kelajakka e'tibor ekanligi öz isbotini topmoqda.











