17 avgust kuni Toşkent şahrida olimpiada ğoliblari va ularning öqituvçilarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Kun.uz muxbiri tadbir yakunida Yaponiyada ötgan 53-Xalqaro kimyo olimpiadasi ğolibi, Toşkent Pediatriya tibbiyot instituti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Sobirjon Amanov va uning ustozi Laziz Zaylobov bilan intervyu uyuştirdi.

Sobirjon Amanov (markazda)

— Sobirjon, avvalo, oltin medal bilan tabriklayman. Sizning Xalqaro fan olimpiadasi ğolibligigaça qanday jarayonlardan ötganingiz köpçilikka qiziq.

— Umuman olganda men iştirok etgan Xalqaro kimyo olimpiadasi şu yönalişdagi eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Şuning uçun ham bu olimpiadaga eng kamida 2 yillik tayyorgarlik kerak böladi.

Meni ham litseyimiz öqituvçilari aynan şunça vaqt tayyorlaşdi. Şu örinda kimyo fanidan menga ustozlik qilayotgan Laziz Zaylobovning xizmatlarini alohida e'tirof etişim, berayotgan bilimlari uçun unga minnatdorlik bildirişim kerak. Laziz aka juda yaxşi öqituvçi, öz fanidan kuçli bilimga ega inson. U har bitta masalaga juda çuqur va batafsil kirib boradi, erinmaydi.

Bizning kunlik örtaça maşğulotlarimiz keç soat 17-18:00 gaça, olimpiada yaqin qolganda esa tungi 1-2 gaça ham davom etadi.

Bundan taşqari Xalq ta'limi vazirligi ham olimpiada oldidan Moskva davlat universitetining kimyo fani doktorantini biz uçun 2 haftalik mahorat darslariga olib keldi. Şu darslar ham öz samarasini berdi.

— Eşitişim böyiça, bu musobaqada siz avval ham iştirok etgansiz, lekin ilk bor oltin medalni qölga kiritdingiz.

— Ha, bu xalqaro olimpiadalardagi uçinçi iştirokim. Bungaça xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza va kumuş medal olganman. Bu safargi natijam eng yaxşisi böldi.