Qayd etilişiça, 2021-2022 öquv yili uçun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga kiriş test sinovlari 2021 yil 5 avgustdan 16 avgustga qadar, 12 kun davomida kuniga 2 smenada bölib ötdi.

Bildirilişiça, test sinovlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida tanlab olingan 53ta oçiq maydon (stadion va xiyobon)da ötkazildi. Unda iştirok etişi belgilangan 948 211 nafar abituriyentdan 892 242 nafari (94,1 foiz) iştirok etgan bölsa, 55 969 nafari (5,9 foiz) turli sabablarga köra test sinovlarida iştirok etmagan.

Test sinovlarida eng köp abituriyent Toşkent şahri (172 400 nafar) hamda Qaşqadaryo (91 855 nafar) va Samarqand (85 987 nafar) viloyatlarida iştirok etgan.

Jami 563 nafar (948 211 nafardan) abituriyent, jumladan 328 nafari (892 242 nafardan) test sinovi jarayonida, 235 nafari (55 969 nafardan) hududga kirişda tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan çetlatilgan.

Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori ekani aniqlangani sababli boşqa abituriyentlarning salomatligini öylagan holda tegişli dalolatnoma rasmiylaştirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uçun 30 avgustga qadar qöşimça test sinovlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Test natijalariga köra 75 nafar abituriyent maksimal 189 ball töplaşga muvaffaq böldi. Eng köp maksimal ball olgan abituriyentlar Toşkent davlat yuridik universiteti (22 nafar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (13 nafar) hamda Özbekiston davlat jahon tillari universitetini (11 nafar) tanlaganlar orasida kuzatildi.

Ta'kidlanişiça, hozirda test sinovida iştirok etgan barça abituriyentlarning test natijalari e'lon qilingan bölib, tana harorati yuqori bölgan va koronavirusga çalingan abituriyentlar uçun qöşimça test sinovlari ötkazilgandan söng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasi bayoni bilan e'lon qilinadi.