«Raqobat, xususiy sektor kirmasa, temir yöl monopoliyasini topşirmaydi, sifati özgarmaydi, narxi kamaymaydi.

Biz beş yil davomida örgandik, hali raqamlaştiriş böyiça katta işlar qiliş kerak. Germaniyadan mutaxassislar olib kelganman, lekin Germaniyadagilarga ham bas kelmoqçi böladi temir yölçilar kerak bölsa... u yerda notöğri emas...

Ular kelib bizdan örgansin deydi, bir-ikki noinsoflar bor. Oğir... Lekin endi Hosilovga («Özbekiston temir yöllari» AJ raisi Husniddin Hosilov) öxşagan kattakonlar dunyoqaraşi özgarmasa, uni özgartirişga majbur bölaman. Şuning uçun, yana bir yil sinov ularga.

E, kelmaydi bizga xususiy sektor deydiganlar notöğri aytadi. Kerak bölsa özing taşkil qilasan, özing kredit olasan, özing banklarga yalinasan. Ikki-uçta xususiy sektorni kirgizasan.

Katta davlatlarda katta-katta logistika kompaniyalari bor, şularni olib kelasan Özbekistonga, raqobat qiladi. Keyin ular sening monopoliyangni yöq qiliş uçun arzonroq, tezroq, sifatli qilib, joyiga, tadbirkorning omborxonasiga olib borib beradigan qiladi.

Dunyoda şunaqa-ku?! Bizning temir yöl esa faqat «jöq» deyişni biladi, «jöq» deydi. Hamma narsa «jöq». Bor böladigan qilsang işlaysan, «jöq» bölsa, özing ham «jöq» bölasan, tamom», deydi davlat rahbari.

Yiğilişda Transport vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliya qömitasi bilan birga ikki oy muddatda temir yöl tariflarini qayta körib çiqişi böyiça topşiriq berildi.

«Tadbirkorlarga özimizda işlab çiqarilmaydigan xomaşyo importi uçun amaldagi tariflar kamida 25 foiz arzon bölişi kerak.

Şuningdek, Transport vazirligi kelgusi yil 1 yanvardan boşlab, har bir xizmatning tannarxi va uning tarkibini keng jamoatçilikka e'lon qilib boradi.

Temir yöl sohasida kelgusi 5 yil uçun 7 mingdan ziyod yuk vagonlariga ehtiyoj mavjud. Bu muammoni davlat tomonidan emas, balki xuddi elektr energiyasi yoki sement işlab çiqarişga öxşab, faqat va faqat xususiy sektorni jalb qiliş orqali ijobiy hal qiliş mumkin.

Şuning uçun, kelgusi yilda öz vagoni va konteyneriga ega bölgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yölga qöyiladi va tariflar ikkiga ajratiladi.

Bunda, davlat tomonidan faqatgina temir yöl infratuzilmasi hamda lokomotiv xizmatlari tartibga solinadi, yuk vagonlari xizmati esa bozor tamoyillari asosida taşkil qilinadi.

Şuning uçun, xususiy tadbirkorlarga temir yöl vagonlarini olib kelişga berilgan imtiyozlar 2025 yil 1 yanvargaça uzaytiriladi», degan prezident.