Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşirişni jadallaştiriş va ularni moliyalaştiriş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.

«Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi Qonunga muvofiq davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim doirasida xususiy şerikning va (yoki) kreditorning (kreditorlarning) manfaatlarini himoya qiliş maqsadida qöllab-quvvatlaşning quyidagi turlari taqdim etilişi mumkin:

subsidiyalar, şu jumladan xususiy şerikning DXŞ loyihasini amalga oşirişdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta'minlaşga yönaltiriladigan subsidiyalar;

DXŞ loyihalarini amalga oşiriş uçun zarur bölgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qöyilmalar;

DXŞ loyihasini amalga oşiriş jarayonida işlab çiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste'mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uçun tölovga yönaltiriladigan Özbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablağlari;

budjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalaştirişning boşqa turlarini beriş;

investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilişini ta'minlaş maqsadida özaro kelişuvga köra qöşimça kafolatlar;

soliq imtiyozlari va preferensiyalari, şuningdek boşqa imtiyozlar;

boşqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.

Quyidagilar tasdiqlandi:

Davlat-xususiy şeriklik loyihalarini moliyalaştiriş tartibi töğrisidagi nizom (1);

2021 yilda Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan davlat-xususiy şeriklik loyihalarining manzilli röyxati.

Nizom (1) davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablağlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarini beriş tartibini belgilaydi. Moliyalaştiriş va qöllab-quvvatlaşning har bir turi böyiça ariza beriş va uni körib çiqiş tartibi, xarajatlarni tahlil qiliş, DXŞ loyihasini amalga oşiriş uçun mablağlar ajratiş mexanizmi nazarda tutiladi.