Vazirlar Mahkamasining “Ğallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaliklari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat Prezidentning "Dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş, ularning uruğçiligini yölga qöyişni rivojlantiriş böyiça ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytirişga oid çora-tadbirlar töğrisida" 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Taşkil etilayotgan Ğallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaliklariga Örmon xöjaligi davlat qömitasi töğrisidagi nizomda belgilangan moliyalaştiriş talablari va şartlari tatbiq etiladi.

Tegişinça Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida taşkil etiladigan Ğallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaliklarining yer maydonlari tasdiqlandi. Xususan, Ğallaorol örmon xöjaligining umumiy maydoni 37 870 ga, Urgut örmon xöjaligi – 10 577 ga, Kogon örmon xöjaligi – 1 000 ga ni taşkil etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 10.08.2021 yildan kuçga kirdi.