Tana harorati yuqori bölgan va koronavirusga çalingan abituriyentlar uçun qöşimça test sinovlari 2021 yil 23 avgust kuni bölib ötadi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, testda quyidagi toifadagi abituriyentlar iştirok etişi mumkin böladi:
- test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37 darajadan yuqori ekani aniqlangan va tegişli dalolatnoma rasmiylaştirilgan abituriyentlar;
- 16 avgustga qadar koronavirusga çalingani sababli qöşimça test sinovlarida iştirok etiş uçun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga çalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.
Qayta taşkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37 darajadan yuqori ekani aniqlangan yoki koronavirusdan töliq soğaymagan abituriyentlar uçun boşqa test sinovlari taşkil etilmaydi.
Test sinovlari barça hududlarda taşkil etiladi va abituriyentlar röyxatdan ötiş vaqtida test topşiriş hududi sifatida özlari tanlagan hududda test sinovida iştirok etadi.
Abituriyentlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegişli ma'lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan söng, 21 avgust kunidan boşlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olişi mumkin böladi.













