Kun.uz mavzu yuzasidan bir neça soha vakillariga murojaat qildi.
“Soxta sertifikat – öz-özini aldaş”

Nurmat Otabekov, Respublika koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi:
— Soxta PZR ma'lumotnomalari singari, qalbakilaştirilgan emlanganlik sertifikatlari ham paydo bölişi aniq. Emlanganlik töğrisidagi sertifikatni soxtalaştirib berayotgan odamlar, menimça, öz ota-onasi, qarindoş-uruğlari, yaqinlari, qolaversa özining duşmani. Soxta sertifikat bilan kasallangan odam vaksina şa'niga yomon gaplarni paydo qilib, emlaniş samaradorligiga salbiy munosabatni şakllantirib, vaksinalar sifatsiz degan miş-miş tarqalişiga sabab bölişi mumkin.
Mayli, biz bir odamni aldarmiz, jamoamizni aldarmiz, lekin ertaga biz kasallikka çalinsak, uni uyimizga olib kirsak, ota-onamizni dardga mubtalo qilsak, norasida bolalarni şikastlasak, biz özimizga özimiz duşmanlik qilgan bölamiz. Odamlarning musibatidan manfaat körar ekanmiz, bu manfaat bizga heç qaçon yuqmaydi.
Islom yolğondan va yolğon guvohlik berişdan qaytaradi

Hikmatulloh Toştemirov, Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bölimi boş mutaxassisi:
— Emlanganlik haqidagi hujjatni qalbakilaştiriş holatlari közga taşlanyapti. Bunga dinimiz nima deydi? Dinimizda umumiy qoida insonlar rostgöy bölişga çaqiriladi, yomondan, yolğondan qaytariladi. Rasululloh (s.a.v.) bizga rostgöylik borasida namuna bölganlar. U kişi hatto Islomdan avval ham rostgöy, işonçli degan e'tirofga sazovor bölganlar – Muhammad al-Amin deyişardi.
Biz ummatning ham asosiy fazilatlaridan biri rostgöylik, halollik bölmoği darkor. Rotsgöylikning aksi – yolğon. Hozir gaplaşib turganimiz – vaksina olganlik haqidagi sertifikatni soxtalaştiriş faqat insonning özida qoladigan yolğon va aldov emas, u boşqalarga ham daxl qiladi.
Sözimiz turli yöllar bilan sertifikatni qölga kiritişga urinayotganlarga ham, şu hujjatni soxtalaştirib berayotganlarga ham taalluqli.


















