Mas'udning aytişiça, viloyat aholisi toliblarga qarşilik körsatişga tayyor.

“Panjşer “Tolibon”ga topşirilmaydi. Agar ular Panjşer ustidan nazorat örnatmoqçi bölsalar, biz qarşilik körsatişga tayyormiz. Biz sobiq ittifoqqa qarşi tura olganmiz, toliblarga ham qarşilik körsata olamiz”, deb aytgan Mas'ud Al Arabiya English telekanaliga bergan intervyusida.

Uning aytişiça, toliblar qarşilik otryadlari bilan muzokaralardan boş tortdi. “Tolibon” uruşga yakun yasaş uçun muloqot qilişdan boş tortdi. Biz Afğonistonda uruşni tugatmoqçimiz va muloqotga intilmoqdamiz. “Tolibon” özini şunday tutişda davom etsa, uzoq qololmaydi”, deb qöşimça qilgan qarşilik yetakçisi.

Mas'ud Afğonistonda tinçlik va barqarorlik örnatilişi uçun otasi - toliblarga qarşi 1990-yillarda kuraşgan “Şimoliy alyans” rahbari Ahmad Şoh Mas'udning öldirilişi uçun toliblarni keçirişga ham tayyorligini aytgan. U toliblar muloqotdan boş torsa, uruş “muqarrar” bölişini ta'kidlab ötgan.

Mas'ud avvalroq toliblar bilan inklyuziv hukumat şakllantirişga tayyorligini aytgandi.