Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev KXShT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi voqealarga bag‘ishlangan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.
Sherzod Asadov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi tadbirlari va joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumot berdi.
“Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olib, xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xatarlar bo‘yicha yaqin xorijdagi hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.
Shuningdek, Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish, sport ta'limini takomillashtirish, olimpiya zaxirasini yaratish yuzasidan videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Yangi xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi ham rejaga kiritilgan”, dedi brifing chog‘ida Sherzod Asadov.
Mavzuga oid
11:20 / 30.11.2025
“KXShT murakkab geosiyosiy inqirozda” - Rabbimov
14:25 / 01.09.2025
KXShT yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
12:06 / 29.01.2025