«Afğonlarning bir avlodi orzularini kömdi» – «Tolibon»dan qoçganlar qayerlarga ketmoqda?
|02:24 / 24.08.202154 08410 min
«Tolibon» Afğonistonning deyarli butun hududini nazoratiga olgani sababli minglab afğonlar mamlakatni tark etişga urinmoqda. Qöşni davlatlardagi afğonlar soni allaqaçon 2,2 millionga yetgan, mamlakatni tark etişga urinayotganlar soni ham tobora ortib bormoqda. Mojarolar va siyosiy beqarorlik tufayli Afğonistonda 3,5 million kişi uysiz qoldi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Kobul aeroporti ayni vaqtda AQŞ va Ğarbning boşqa mamlakatlarining ulkan kulrang transport samolyotlari bilan tölgan. Osmonda harbiy vertolyotlar uçib yuradi. Har bir samolyot atrofida adoqsiz navbatlar.
Uçib ketmoqçi bölganlarga faqat bir çamadon olişga ruxsat bor. Odamlar Afğonistondan - toliblar egallagan mamlakatidan qoçib ketmoqda. Odamlar öz yurtini, hayotini, orzularini taşlab ketişga majbur bölmoqda.
Ularning orasida BBC’ning sobiq jurnalist-frilanseri Bilol Sarvariy ham bor. U oilasi bilan aeroportning uçiş maydoniga yetib kela oldi va parvozdan oldin ozroq kiyimdan boşqasini qoldirişiga töğri keldi.
U Sola ismli qizini tuğilgan mamlakatida östirişni istagandi - u bu mamlakatda 2001 yildan beri röy bergan voqealarni xorijlik korrespondentlarga tarjimon sifatida yoritib kelayotgandi. U endi qizi qaçonlardir vatanni taşlab ketişga majbur bölişganini tuşunişiga umid qiladi.
«Afğonlarning bir avlodi orzularini, rejalarini va öz hayotlarini kömdi», deydi u.
Şu bilan birga, u ketayotgan bölsa-da, taslim bölmasligini aytadi.
«Afğoniston bilan aloqalarimiz - fojiali roman kabi. Nima bölsa ham biz undan voz keçmaymiz», deydi Bilol.
Qança afğon mamlakatni tark etmoqda?
Bu savolning javobi hozirça aniq emas.
«Tolibon» Afğonistonning barça çegara ötiş punktlarini nazorat qilmoqda. Qolaversa, ular afğonlarning mamlakatni tark etişini istamasliklarini ham aytişdi. Çegaradan faqat savdogarlar yoki tegişli hujjatlari bölganlargina ötişi mumkin.
«Afğonlarning aksariyati oddiy kanallar orqali mamlakatni tark eta olmayapti. Bugun xavf ostida bölgan odamlarning mamlakatdan çiqiş uçun aniq bir yöli yöq», deydi BMTning qoçqinlar böyiça oliy komissarligi matbuot kotibi juma kuni bergan bayonotida.
Biroq ba'zi qoçqinlar mamlakatni tark etiş yöllarini topişga muvaffaq bölişdi.
«Tolibon» Kobulni egallab olganidan köp ötmay, bir neça ming afğonistonlik Pokistonga ötgan, 1,5 ming nafarga yaqin afğon esa Özbekistonga kirib, çegaraga yaqin çodirlarga joylaşgan.
Mavzuga oid
Kobul aeroportida minglab afğonistonliklar öz fuqarolarini mamlakatdan olib çiqiş uçun xorijiy davlatlar tomonidan amalga oşirilayotgan evakuatsiya reyslariga «ilinib» qolişga urinmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, 30 mingdan ortiq odam mamlakatni tark etgan. Biroq ularning qançasi Afğoniston fuqarolari ekani aniq emas.
Mojarolar kuçaygani tufayli bu yil minglab afğon öz uyini tark etişga majbur böldi.
Mojarolar tufayli öz uyini tark etgan insonlar soni (oylar böyiça)
Ayni paytga qadar qança afğon qoçib ulgurdi?
Afğonlarning sönggi harakati köp yillar davom etgan siyosiy beqarorlik va ziddiyatlar iqlimi natijasida vujudga kelgan tarixiy köçişning bir qismidir.
BMTning qoçqinlar böyiça oliy komissarligi ma'lumotlariga köra, bu yil 550 mingdan ziyod inson hatto toliblar mamlakatni öz nazoratiga olmasdan burun mojaro tufayli uylarini tark etişga majbur bölgan.
Bu şuni anglatadiki, hozirda 3,5 million afğon mamlakat içida majburiy köçirilgan.
Ötgan yil oxiriga kelib Afğoniston çegaralaridagilardan taşqari, taxminan 2,2 million qoçqin qöşni davlatlardan boşpana söragan.
Bu yil afğonlar mamlakatning aksar qismida kuzatilgan kuçli qurğoqçilik va oziq-ovqat tanqisligi bilan kuraşişga majbur bölişdi. BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi iyun oyida e'lon qilgan hisobotda 14 million odam (aholining uçdan biridan köproği) oçlikdan jabr çekayotgani aytiladi.
2 milliondan ortiq afğon qoçqinlari Eron va Pokistonda yaşaydi
Afğon qoçqinlari qayerlarga ketyapti?
Qöşni davlatlar Pokiston va Eron ötgan yili eng köp afğon qoçqinlari va boşpana izlovçilarini qabul qilgan.
Qoçqinlar böyiça oliy komissarlik ma'lumotlariga köra, 2020 yilda Afğonistondan Pokistonga taxminan 1,5 million kişi, Eronga esa 780 ming kişi ötgan.
180 mingdan ziyod afğonistonlikni qabul qilgan Germaniya röyxatda uçinçi örinni egallagan bölsa, Turkiya ham taxminan 130 ming afğonni qabul qildi.
Ammo Turkiyada boşpana sörab murojaat qilgan, lekin talablari qabul qilinmagan 125 ming afğon qoçqinlari ham bor. Bu raqam Germaniyada 33 ming, Gretsiyada esa 20 mingni taşkil qiladi.
Qöşni davlatlar 2020 yilda afğonlarni eng köp qabul qildi
Afğon qoçqinlari eng köp bölgan mamlakatlar
Mamlakatlar qanday yordam bermoqda?
Ba'zi davlatlar afğonlarga xavfsiz boşpana taklif qilgan bölsa, boşqa davlatlar qoçoqlarga boşpana bermasliklarini ma'lum qilişdi.
Eron
Eron Afğoniston bilan çegaradagi uçta viloyatida qoçqinlar uçun favqulodda vaziyat çodirlarini qurdi. Biroq Eron Içki işlar vazirligining yuqori lavozimli amaldorlarining aytişiça, Eronga ötayotgan har bir afğonistonlik «ahvol yaxşilanganda öz mamlakatiga qaytariladi». BMT ma'lumotlariga köra, hozirda Eron 3,5 millionga yaqin afğonni qabul qilgan.
Pokiston
Boş vazir Imron Xon iyun oyida qilgan bayonotida agar «Tolibon» nazoratni öz qöliga olsa, mamlakat Afğoniston bilan çegarasini yopişini aytdi. Biroq OAV ma'lumotlariga köra, bir neça ming afğonistonlik Pokistonga ötgan va eng kamida bitta çegara punkti oçiq.
Tojikiston
Hozirça aniq raqamlar ma'lum emas. Biroq ba'zi ma'lumotlarga köra, sönggi kunlarda kamida bir neça yuz afğonistonlik, jumladan, afğon armiyasi askarlari Tojikistonga ötgan. Tojikiston iyul oyida Afğonistondan 100 minggaça qoçqinni qabul qilişga tayyorgarlik körayotganini bildirdi.
Özbekiston
Taxminan 1500 afğon Afğoniston-Özbekiston çegarasini kesib ötib, lagerda yaşayotgani haqida ma'lumotlar bor. Özbekiston TIV çegaradan ötib kelganlarning 150 nafari toliblar bilan muzokaralar natijasida, ularning xavfsizligi ta'minlanişi şarti bilan ortga qaytarilgani haqida ma'lum qilgan.
Turkiya
Prezident Rajab Toyyib Erdöğan hukumat Afğonistonda vaziyatni barqarorlaştiriş va Turkiyaga kelayotgan qoçqinlarning yangi tölqini oldini oliş uçun Pokiston bilan hamkorlik qilişini aytdi. Hukumat, şuningdek, Eron çegarasidagi devor qurilişini ham tezlaştirdi.
Buyuk Britaniya
Angliya uzoq muddatda 20 ming afğon qoçqinini qabul etişini e'lon qildi. Britaniya hukumatining «Afğoniston fuqarolarini köçiriş rejasi» birinçi yilda 5 ming afğonning Buyuk Britaniyaga joylaşişiga ruxsat berişni nazarda tutadi va bunda birinçi navbatda «Tolibon» davrida eng katta xavf ostida bölgan ayollar va bolalarga, şuningdek, diniy va boşqa ozçiliklarga e'tibor qaratiladi.
AQŞ
AQŞ qabul etiladigan qoçqinlarning aniq sonini oşkor qilmadi. Ammo prezident Jo Bayden 500 million dollarlik immigratsiyaviy budjetni taqdim etdi.
Kanada
Kanada 20 ming afğonni qabul qilişini aytdi, bunda asosiy e'tibor «Tolibon» xavfi ostida bölganlarga, jumladan, hukumat xodimlari va rahbar ayollarga qaratiladi.
Avstraliya
Avstraliya öz mamlakatidan qoçgan afğonlarga gumanitar viza dasturida 3 ming örin taklif etişini e'lon qildi. Biroq bu kvota amaldagi gumanitar viza dasturini ham qamrab oladi va umumiy raqamlarda ösiş bölmaydi.
Yevropa Ittifoqi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining köplab rahbarlari 2015 yilgi muhojirlar inqirozi takrorlanişining oldini olişga intilişlarini aytişdi. Ma'lumot uçun, 2015 yilda köp sonli boşpana izlovçilarga Yevropa Ittifoqi hududiga kirişga ruxsat berilgan va bunga qarşi populistik reaksiyalar bildirilgan.
Germaniya
Germaniya ba'zi afğonlarni qabul qilişini aytdi, lekin ularning sonini ma'lum qilmadi. 2015 yilda muhojirlarga nisbatan oçiq eşiklar siyosati yuritgani uçun keskin tanqidga uçragan kansler Angela Merkel hukumat qoçqinlarning «Afğonistonga qöşni mamlakatlarda xavfsiz qolişi»ni ta'minlaşga e'tibor qaratayotganini aytdi.
Fransiya
Prezident Emmanuel Makron «Yevropa Afğonistondan kelgan noqonuniy muhojirlar tölqinidan özini himoya qilişi kerak»ligini ta'kidladi. Uning aytişiça, Fransiya «eng yuqori xavf ostida bölganlarni himoya qiladi». «Yevropa mavjud vaziyatning oqibatlarini bir özi kötarolmaydi», dedi u.
Avstriya
Avstriya afğon qoçqinlarini qabul qilişdan boş tortdi. Mamlakat içki işlar vaziri afğon qoçqinlarini deportatsiya qilişni davom ettiriş tarafdori ekanligini bildirdi. Biroq Afğonistonga töğridan töğri deportatsiya qiliş mumkin emasligini aytib, qöşni davlatlarda «deportatsiya markazlari»ni taşkil etişga kömaklaşişini bildirdi.
Şveytsariya
Şveytsariya Afğonistondan keluvçi katta hajmdagi qoçqinlar guruhini qabul qilmasligini bildirdi.
Şimoliy Makedoniya, Albaniya va Kosovo
AQŞ söroviga binoan, Şimoliy Makedoniya 450, Albaniya esa 300 nafar boşpana izlovçini vaqtinça qabul qilişini aytdi. AQŞ immigratsiya vizalari uçun zaruriy hujjatlar tayyorlangunga qadar qoçqinlar şu mamlakatlarda qolişi kutilmoqda. Kosovo ham AQŞga ketadigan qoçqinlarni vaqtinçalik boşpana bilan ta'minlaşni rejalaştirmoqda, ammo raqamlar keltirilmadi.
Uganda
Uganda 2 ming afğon qoçqinini qabul qildi. Bu boşpanaga muhtoj afğonlar eng köp bölgan Afrika mamlakatidir.