Özbekistonda daraxtlarni kesişga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuçaytiriladi.

Preziyent videoselektorida ma'lum qilinişiça, ötgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Şu bilan birga. ötgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.

Şu bois, Toşkent şahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi taşkil etiladi. 

Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesiş, brakonerlik, noqonuniy çiqindilar taşlaş kabi holatlarga qarşi profilaktika vazifalari yuklatiladi.

Ekologiya politsiyasi Içki işlar tizimida faoliyat yuritadi. 

Şu bilan birga, ekologiya sohasida qöllanadigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya miqdori 2 baravar oşiriladi.

«Barça rahbarlar bir narsani aniq eşitib olsin. Bundan buyon birorta «yaşil hudud» va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesiş qat'iyan taqiqlanadi», dedi prezident.