Bugun, 24 avgust kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi palata yalpi majlisi oldidan yiğiliş ötkazdi. Unda DXX xodimlari kunini 5 apreldan 26 sentyabrga köçiriş masalasi körib çiqildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum bölişiça, tegişli qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan. Senator Tolibjon Madumarov yangilik borasida izoh berdi.
“Özi asli 2018 yilda qabul qilingan qonun bilan DXX xodimlari kuni 5 aprel etib belgilangan edi. Tajriba şuni körsatdiki, DXX xodimlari kuni aslida Özbekiston prezidentining 1991 yil 26 sentyabrdagi farmoniga borib taqaladi. Mana şundan beri 26 sentabr xavfsizlik xizmati xodimlari kuni sifatida nişonlanib kelgan.
2018 yil 5 aprel kuni “Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida”gi qonun qabul qilinganini inobatga olib, 2018 yilning 2 oktyabrida “Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilaş töğrisida”gi qonunga muvofiq 5 aprel DXX xodimlari bayrami deb e'lon qilingandi.
Mazkur qonun bugungi kunda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari iş yurituvida ayrim muammolarni keltirib çiqarmoqda. 2019 yilgaça DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nişonlab kelingan. Şu sanada xizmatning 10, 20, 25 yillik yubileylari ötkazilgan. Mana şu narsa hisobga olinib, maxsus bir topşiriq berildiki, DXX xodimlari kunini oldingi holatga qaytariş masalasi böyiça.
Şunda, bevosita 2021 yil 26 sentyabrda ularning 30 yilligi nişonlanadi”, – dedi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi örinbosari Tolibjon Madumarov.
Senatorning ta'kidlaşiça, bayramlarni köçiriş – qonunçilik amaliyotida uçraydigan holat. Tolibjon Madumarov bunga javoban 1993 yilda qonun bilan xalq ta'limi xodimlari kuni belgilangani, biroq 1996 yilda qonunga özgartiriş kiritilib, öqituvçi va murabbiylar kuni 1 oktyabrga köçirilganini misol sifatida keltirdi.
Yiğilişda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kunini nişonlaş töğrisidagi qonun Mudofaa va xavfsizlik qömitasi tomonidan yalpi majlis muhokamasi uçun tavsiya qilinayotgani ta'kidlandi. Qömita a'zolari uşbu taklifni bir ovozdan ma'qullaşdi.
Eslatib ötamiz, 5 aprel DXX xodimlari kuni sifatida 2019 yilda ilk marta nişonlangan.











