Özbekistonda bugun, 5 aprel kuni Davlat xavfsizlik xizmati kuni nişonlanmoqda.

2018 yil 5 aprel kuni «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Qonun qabul qilingan, 2018 yilning 2 oktyabrida «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilaş töğrisida»gi Qonunga muvofiq 5 aprel Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilangandi. 

DXX (ilgari – MXX) – mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boşqa manfaatlarini taşqi va içki tahdidlardan himoya qiliş masalalari böyiça maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
 
Idoraning asosiy funksiyalari, vazifalari va faoliyat yönalişlari prezidentning 14.03.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–5379-son farmoni va «Özbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Qonunda belgilangan.  

Prezidentning 2018 yil 14 martdagi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta taşkil etilgan.

2019 yilning 11 fevralidan buyon general-leytenant Abdusalom Azizov Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga raislik qilib kelmoqda.