Polşa armiyasi harbiylari çegaraçilar bilan birgalikda Belarus çegarasida balanligi 2,5 metrli devor quradi. Bu haqda Polşa milliy mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak öz Twitter sahifasida ma'lum qildi.
20 avgust kuni Blaşçak Yevroittifoqqa yöl olgan migrantlar oqimi bilan boğliq inqiroz sababli harbiylar Belarus bilan çegarani qöriqlaşga jalb etilgani haqida aytgandi.
Blaşçakning sözlariga köra, çegarada 100 km masofaga tösiq örnatilgan, yana 50 km tösiq örnatiş işlari qolgan. Vazir namoyiş etgan fotosuratlardan uşbu tösiq tikanli simdan iborat bölib, balandligi odam böyidan pastroq ekanligini köriş mumkin.
Belarus, Litva va Polşa çegarasidagi migrantlar soni yozda köpaydi. Bu may oyida Aleksandr Lukaşenko Belarus Yevropaga yöl olmoqçi bölgan migrantlarga tösqinlik qilmasligini aytganidan söng boşlandi.
Belarus – Polşa çegarasining uzunligi 398 km.












