“Argentinaning göşt eksporti haqida maqola yozgandim. Argentina dunyodagi eng katta göşt eksportçilaridan biri bölgan. Bundan bir neça yil oldin, butun dunyoda göşt narxi qimmatlaşa boşlagan paytda argentinalik tadbirkorlar yaxşi foyda qilgan, biroq şu paytda mamlakatning siyosiy boşqaruvçilari: “Göşt narxi kötarilib ketdi, odamlarimiz qiynalyapti”, degan vaj bilan göşt eksportiga 40 yo 50 kunlik taqiq qöyişgan.

Keyin nima bölgan? Albatta, göşt narxi tuşgan. Minglab tonna göşt mahsulotlarini eksport qilayotgan mamlakatda çeklovlar örnatilsa, öz-özidan içki bozorda mahsulot köpayib ketadi. Ammo buning natijasida, bir qança vaqtdan keyin mamlakatda göşt keskin qimmatlaşib, Argentina dunyodagi eng köp göşt eksport qiluvçi mamlakatlar qatoridan çiqib ketgan.

Buning sababi – rağbatlar notöğri qilib qöyilganida. Natijada göşt sanoatiga pul tikişi mumkin bölgan ehtimoliy investorlar öz mablağini boşqa sohaga yönaltirgan. Çunki ular davlat istalgan paytda eksportga taqiq qöyib qöyişi mumkinligini körişgan.

Tadbirkorlar çöçib qolişi uçun davlat bu işni bir marta qilişi yetarli. Investor pul tikdi, göşt yetiştirdi va endi sotaman deganda, taqiq qöyib qöyişdi.

Mamlakatda göşt narxining oşişi boşqa narsalar ham qimmatlaşişiga sabab bölgan. Göşt işlab çiqariş zanjirida katta muzlatkiçlar, transport vositalari, göştni eksport qiliş uçun qadoqlaş kabilar yölga qöyilgan bölgan. Ya'ni hukumatning bitta qarori bilan butun bir sanoat ölgan desa böladi.

Adaşmayotgan bölsam, avvaliga taqiq 4 hafta muddatga qöyilgan, ana öşa 4 hafta investorlarni mamlakatdan boşqa qöşni mamlakatlarga çiqib ketişiga sabab bölgan. Investorlar Paragvay yoki Braziliyada göşt yetiştirişimiz maqsadga muvofiqroq degan qarorga kelişgan. Buning oqibatida Argentina hali ham göşt eksporti böyiça özining öşa vaqtdagi körsatkiçlariga qayta olmagan.

Öşa paytda Argentina hukumatining qilayotgan işi göyoki oliyjanob edi: “Göşt qimmatlaşib ketdi, kelinglar, odamlarga yordam beraylik, insofsiz fermerlarning popugini oz bölsa-da tuşirib qöyaylik”, deyişgan. Biroq bu bozor uçun salbiy signal bölgan.

Göşt narxining tuşişi aholiga uni köproq iste'mol qiliş signalini beradi. Ya'ni göşt narxi tuşib ketsa, hammamiz uni köproq iste'mol qila boşlaymiz. Biroq bu sarmoyadorlarga: “Göşt narxi tuşib ketdi, undan köra sarmoyangni boşqa sohaga yönaltir” degan signal böladi.

Tadbirkorlar, investorlar doim potensial foyda nuqtayi nazaridan fikrlaydi. Agar davlat sun'iy tarzda nimaningdir narxini tuşirsa, bu hammani qörqitib qöyadi va öşa sohaga kiriş risklari nihoyatda oşib ketadi. Oqibatda öşa mahsulot narxi qimmatligiça qolaveradi”, – dedi iqtisodçi.